Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Amity universiteti vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

  Joriy yilning 27-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi hamkorligida Toshkent shahridagi Amity universiteti vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

  Amity universiteti Toshkent shahrining yashil hududida joylashgan boʻlib, tadqiqot, yaxlit rivojlanish, xalqaro korporativ tajriba va akademik mukammallikka asoslangan. Amity universitetida boshlangʻich, bakalavriat va magistratura bosqichlarda oliy taʼlimning turli yoʻnalishlarida, jumladan axborot texnologiyalari, menejment, iqtisodiyot va turizm boʻyicha kasbga yoʻnaltirilgan oʻquv dasturlari mavjud boʻlib, jahon miqyosidagi taʼlimni Oʻzbekistonning strategik qarashlariga moslashtirishga intiladigan taʼlim muassasasi hisoblanadi.

  Uchrashuv ochiq muloqot tarzida kechib, Samarqand shahrining bir qator oliy taʼlim muassasalaridan talabalar ishtirok etdi. Yigʻilganlar universitet, undagi taʼlim tizimi va yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishish barobarida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Tadbir yakunida talabalarga Amity universiteti tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

SamDTU matbuot xizmati