×
Menu
Close Menu

Bahorgi semestrda o'qishni qayta tiklash istagida bo'lganlar diqqatiga!

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq Samarqand davlat tibiyot universiteti 2024/2025 o‘quv yili bahorgi semestri davrida universitet talabalari safidan chetlashtirilgan (kursida qoldirilgan) talabalar o‘qishini qayta tiklash bo‘yicha oflayn arizalar qabuli 8-yanvardan boshlanganligini ma’lum qiladi.

  O‘qishini qayta tiklash yuzasidan yozilgan arizalar tegishli fakultet dekanatlari tomonidan qabul qilinadi.

  O‘qishni qayta tiklash uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

➖ o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha ariza (ariza blankasi ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida to‘ldiradi);

➖ talabaning belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnomasi yoki transkript nusxalari (Registrator ofisidan olinadi);

➖  pasport nusxasi;

➖ talabaning universitet talabalari safiga qabul qilinganlik va chetlashtirilganlik (kursida qoldirilganlik) haqidagi buyruqlardan ko‘chirmalar (Registrator ofisidan olinadi).

  Arizalar 25-yanvarga qadar qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi!

  O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash masalalari bo‘yicha murojaat uchun telefon:

  1-son Davolash ishi fakulteti +998662331274

  2-son Davolash ishi fakulteti +998662332846

  Pediatriya fakulteti +998662335414 

  Stomatologiya fakulteti +998936830707 

  Tibbiy pedagogika fakulteti +998915322272 

  Tibbiy profilaktika fakulteti   +998662337175

  Farmatsiya fakulteti +998662335416

  Eslatib o‘tamiz, ushbu e’lon, faqat ma’lum sabablarga ko‘ra o‘quv yili 2-semestridan universitet talabalari safidan chetlashtirilgan (kursida qoldirilgan) talabalarga tegishli. O‘quv yili 1-semestridan chetlashtirilgan (kursida qoldirilgan) talabalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar o‘qishini qayta tiklash bo‘yicha murojaat qilishi mumkin.