×
Menu
Close Menu

Moskva xalqaro talabalar jarrohlik olimpiadasida ishtirok eting!

 Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining I.M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti M.I. Perelman nomidagi XXXII Moskva xalqaro talabalar jarrohlik olimpiadasining finalini o‘tkazilishini e’lon qiladi!

  Akademik M.I. Perelman nomidagi xalqaro talabalar olimpiadasi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • "Jarrohlik tugunlarini bog‘lash" tanlovi
  • "Pirogov anatomiyasi" tanlovi
  • Qo‘shimcha neyrojarrohlik bloki
  • "Transplantatsiya" bloki
  • "Anesteziologiya va reanimatologiya" bloki
  • "Akusherlik va ginekologiya" bloki
  • "Urologiya" bloki
  • "Yurak-qon tomir jarrohligi" bloki
  • "Plastik jarrohlik" bloki
  • "Travmatologiya va ortopediya" bloki
  • "Qorin bo‘shlig‘i jarrohligi" bloki
  • "Endovideojarrohlik" bloki
  • "Ko‘krak qafasi jarrohligi" bloki
  • "Instrumental diagnostika asoslari" tanlovi
  • Jarrohlik asboblarini bilish tanlovi
  • Ijodiy tanlov

  "Vkontakte" ilovasiga yuborilgan barcha videomateriallar 3-aprel kuni e’lon qilinadi. Ovoz berish jarayonlari 9-aprelga qadar davom etadi. O‘z jamoasiga berilgan ovozlar qabul qilinmaydi.

  1-apreldan keyin yuborilgan videomateriallar ko‘rib chiqilmaydi!

Batafsil ma’lumot va tanlov nizomi