×
Menu
Close Menu

​SIZNI SamDTU (SamMI) BITIRUVCHILARI IV FORUMIDA ISHTIROK ETISHGA TAKLIF QILAMIZ!

  2025 YIL - O‘ZINING 95 YILLIGINI NISHONLAYOTGAN SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI TARIXIDA MUHIM VOQELIK.

  Ushbu muhim sanaga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida SamDTU Bitiruvchilar uyushmasi "SamDTU ta’lim olgandan keyin qanday qilib o‘z kasbingizda muvaffaqiyat qozonish mumkin?" nomli 2025-yil 31-may kuni IV Bitiruvchilar forumini tashkil etmoqda.

  Hurmatli va aziz SamDTU bitiruvchilari! Sizni SamDTU bitiruvchilari IV forumida faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

  Forumda chiqish qilish istagida bo‘lganlardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlarini so‘raymiz:

Aloqa telefonlari:  +998973994435 (SamDTU DKTF akusherlik va ginekologiya kafedrasi assistenti, PhD., Ahmedova Aziza Tayirovna)

Elektron manzil: azijon54@gmail.com

  Biz barcha bitiruvchilarni forumda ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishga va muvaffaqiyat hikoyalaridan ilhom olishga taklif qilamiz.

  Ishtirok etish uchun 2025-yil 25-aprel sanasigacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.