×
Menu
Close Menu

​JICA Tokio fan institutining "Tibbiy xizmatlarning umumiy qamrovi" magistratura dasturini e’lon qildi!

  Hozirda JICA Tokio fan institutining (Yaponiyaning eng nufuzli tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridan biri) "Tibbiy xizmatlarning umumiy qamrovi" magistratura dasturida bir o‘qish o‘rni uchun manfaatdor nomzodlardan arizalar qabul qilayotganini e’lon qiladi. O‘qish muddati 2025-yil oktyabr oyidan boshlab 2 yil. O‘qish, Yaponiyaga borish va qaytish xarajatlari, shuningdek, oylik stipendiya va boshqa to‘lovlar to‘liq JICA tomonidan qoplanadi.

  Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

1. Oliy tibbiy ma’lumotga (bakalavr yoki magistr darajasi) ega bo‘lish;

2. 2025-yil 1-aprel holatiga ko‘ra 40 yoshdan oshmaganlik;

3. Ingliz tilini yuqori darajada bilish, TOEFL (iBT 80 dan yuqori) yoki IELTS (6.5 dan yuqori) sertifikatiga ega bo‘lish;

4. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish. 

  Shuningdek, har bir nomzod quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:

1. Rasmiy ariza shakli; (1-ilovaga qarang)

2. Tadqiqot rejasi; (1-ilovaga qarang)

3. Karyera rejasi; (1-ilovaga qarang)

4. Ariza shakli; (2-ilovaga qarang)

5. Maqsad va vazifalar bayoni; (2-ilovaga qarang)

6. Tavsiyanomalar; (2-ilovaga qarang)

7. Akademik ma’lumotnoma (transkript);

8. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning ingliz tiliga qilingan rasmiy tarjimasi bilan nusxasi;

9. Ingliz tili bilimi darajasini tasdiqlovchi sertifikat (TOEFL yoki IELTS) nusxasi; 

10. Rasmdor pasport nusxasi;

11. Anketaga 2 ta fotosurat (4x3 sm) (asl nusxa va nusxa);

12. Ish beruvchining yo‘llanma xati.

  Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq to‘plamini JICA dasturlari koordinatori Xoshanova Nigoraga joriy yilning 20-martidan kechiktirmay khoshanova-nigora@jica.go.jp elektron pochta manziliga (tel: 78 1200566/67) yuborishingizni so‘raymiz.

  2025-yil mart oyining oxirida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va uning asosida keyingi suhbat hamda universitetning tegishli imtihonlarini topshirish uchun nomzodlarning qisqa ro‘yxatini tuzish rejalashtirilgan (taxminan joriy yilning may oyi).