Latviyaning Toshkentdagi elchixonasi 2025-2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun Latviyaning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish va yozgi maktablarda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etmoqda.
Latviya hukumatining Latviya davlat stipendiyalari (Latvian State Scholarship) dasturi doirasida yozgi maktab dasturlarida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Yozgi maktablar odatda yoz oylarida Latviyaning turli shaharlarida o'tkazib kelinadi.
Yozgi maktablar turli mavzu, fan va yo'nalishlarga bag'ishlangan bo'lib, nomzodlar oʻziga mos maktabni tanlashi mumkin.
Eslatma: Ayrim yozgi maktablar faqat talabalar uchun, ayrimlari esa oliy ta'lim muassasalari xodimlari (o'qituvchilar va tadqiqotchilar) uchun ham moʻljallangan. 2025-yilda jami 6 ta yozgi maktab uchun grantlar taklif etilmoqda. Yozgi maktablar haqida to'liq ma'lumotni va ular kimlarga moʻljallanganini ro'yxatdan kerakli yozgi maktab sahifasiga kirish orqali (More information) bilib olishingiz mumkin.
Yozgi maktablar ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
Talabalar, tadqiqotchilar va OTM xodimlari uchun
Grantning manfaatli jihatlari:
Latviya davlat stipendiyasini yutib olgan ishtirokchilar uchun 1000 yevro mablag' ajratiladi. Bu mablag' yozgi maktabda qatnashish xarajatlarini (ishtirok etish to'lovi, turar joy, oziq-ovqat, ma'ruzalar, ekskursiyalar, seminarlar, madaniy tadbirlar va boshqalar) qoplash uchun bevosita yozgi maktab tashkilotchisiga o'tkaziladi (ishtirokchiga berilmaydi). Agar yozgi maktab onlayn tarzda o'tkazilsa, ushbu mablag' ishtirok etish to'lovi va onlayn mashg'ulotlarni qoplash uchun ishlatiladi.
Ishtirokchilar viza, yozgi maktab uchun Latviyaga borish va kelish xarajatlarini o'zlari qoplashi kerak.
Shuningdek, yozgi maktab yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
P.S. Yozgi maktabda stipendiyasiz (o'z hisobingizdan) qatnashishingiz ham mumkin.
Ushbu stipendiya dasturiga ariza topshirish uchun nomzod quyidagi talablarga mos bo'lishi lozim:
• Nomzod bakalavr, magistratura yoki doktorantura talabasi bo'lishi yoki oliy ta'lim muassasasi xodimi (o'qituvchi yoki tadqiqotchi) bo'lishi kerak.
• Nomzod ingliz tilini bilishi kerak.
• Nomzod stipendiya ajratilishi mo'ljallangan davlatlardan birining fuqarosi bo'lishi kerak (bu davlat ichida O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston va Qirg'iziston ham bor).
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun bu yerdagi ro'yxatdan kerakli yozgi maktabni tanlang. Ariza shu yozgi maktab uchun ko'rsatilgan tartibda topshiriladi. Arizalar onlayn tarzda yozgi maktab tashkilotchilariga maktabning veb-sayti orqali to'g'ridan- to'g'ri topshiriladi. Natijalar ham dastur tashkilotchilari tomonidan e'lon qilinadi.
Ariza topshirishda talab etiladigan hujjatlar:
• Yozgi maktabning ariza shakli.
• CV.
• Motivatsiya inshosi.
Batafsil ma'lumot va ishtirok uchun https://studyinlatvia.lv
Latviyada o‘qish va yangi istiqbollarni kashf qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!