×
Menu
Close Menu

​Chuvash davlat universiteti talabalarni akademik mobillik o‘tashga taklif etadi!

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Chuvashiya davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi) bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalar shartnomasiga ko‘ra Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalarini I.N. Ulyanov nomidagi Chuvash davlat universiteti bazasida ilmiy amaliy klinik fanlar bo‘yicha akademik mobillik dasturiga taklif qiladi.

  Akademik mobillik davomidagi xarajatlar (talabalarning o‘qishi va turar joyi) I.N. Ulyanov nomidagi Chuvash davlat universiteti tomonidan ta’minlab beriladi.

  Qiziqish bildirgan talabalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining Xalqaro aloqalar bo‘limi va Qo‘shma ta’lim fakulteti dekanatiga murojaat qilishlari mumkin!

tel: +998979144848