×
Menu
Close Menu

​MEROS PHARM kompaniyasi SamDTU talabalari uchun stipendiya tanlovini e’lon qiladi!

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda MEROS PHARM kompaniyasi o’rtasida imzolangan memorandum doirasida universitetning bakalavriat bosqichida ta’lim olayotgan talabalar uchun stipendiyalar tanlovi e’lon qilindi.

  Tanlovda:

  • Ilmiy izlanish olib borayotgan va yutuqlarga erishgan talabalar;
  • Tibbiyot sohasida innovatsion loyihalar ustida ishlayotgan;
  • O‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 85% va undan yuqori bo‘lgan talabalar;
  • Jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan talabalar;
  • Farmatsevtika sohasiga qiziqishi bo‘lgan va shu yo‘nalishda stajirovka yoki loyihalarda qatnashgan talabalar ishtirok etishi mumkin.

  Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  • Ilmiy ishlar va erishilgan natijalar haqida ma’lumot (sertifikatlar, maqolalar, tadqiqotlar)
  • Tavsiyanoma (dekan yoki ilmiy rahbar tomonidan)
  • Chet tili bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlar (agar mavjud bo‘lsa)

  Hujjatlar joriy yilning 1-martiga qadar qabul qilinadi!

  Batafsil ma’lumot uchun Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin!