AXBOROT XATI
Hurmatli hamkasblar!
Samarqand davlat tibbiyot universiteti va O‘zbekiston stomatologlar assotsiatsiyasi sizni 2024-yil 22-23-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Stomatologik kasalliklarini davolash va oldini olishda zamonaviy yondashuv” mavzusidagi stomatologlarning xalqaro ilmiy-amaliy Kongressida ishtirok etishga taklif etadi.
Kongress JSST og'iz bo'shlig'i salomatligining strategiyasini amalga oshirishga bag'ishlangan. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad stomatologiya sohasi mutaxassislarini birlashtirib, yangi texnologiyalar, davolash usullari va kasalliklarni oldini olish masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Oʻtkazilish joyi: Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand shahri “Silk Road” turistik markazi Changan Hall konferensiya zalida Silk Road by Minyoun mehmonxonasida
Kongress dasturi:
Turli mamlakatlar ekspertlari ishtirokidagi yalpi majlis: O‘zbekiston, Fransiya, Italiya, Bolgariya, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa MDH mamlakatlari.
- Ilmiy yo'nalishlar bo'yicha seksiya mashg'ulotlari:
- Yuz-jag’ xirurgiyasi va jarrohlik stomatologiyasi;
- Terapevtik stomatologiya;
- Ortopedik stomatologiya;
- Bolalar stomatologiyasi va ortodontiya;
- Og'iz bo'shlig'i jarrohligi va tish implantologiyasi
MAHORAT DARSLARI: Dentium, Sarus, Osstem Implant, MegaGen, B&B DENTAL Implant company, GC kompaniyalari hamda Dental Academy o'quv markazi tomonidan amaliyotchi stomatologlar uchun implantologiya, ortodontiya, raqamli stomatologiya yo’nalishlari bo’yicha.
DAVRA SUHBATI: Stomatologik kasalliklarining oldini olishchora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashadigan yetakchi ekspertlar, jumladan, FDI va JSST departamenti a'zolari ishtirokida.
KO'RGAZMA:Zamonaviy stomatologik texnologiyalar va stomatologik materiallar ko’rgazmasi.
Rasmiy tillar: oʻzbek, rus, ingliz.
Tadbir formati – oflayn.
KONGRESS ILMIY DASTURI ASOSIY MA'RUZACHILARI VA TADBIR ISHTIROKCHILARI TARKIBI:
1. Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, MDH davlatlari stomatologiya assotsiatsiyasi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor – Rizaev Jasur Alimdjanovich;
2. JSSTning stomatologik profilaktika bo'yicha eksperti, professor – Denis Burjua;
3. Butunjahon stomatologiya federatsiyasining past-prezidenti - Gerxard Seeberger;
4. Butunjahon stomatologiya federatsiyasi elekt-prezidenti - Nikolay Sharkov;
5. Butunjahon stomatologiya federatsiyasi vakili – Bedros Yavru-Sakuk;
6. Milan universiteti professori - Riccardo Rosati;
7. M.F.Vladimirskiy nomidagi Moskva mintaqaviy ilmiy tadqiqot klinik instituti (MONIKI) professori – AmxadovaMalkan;
8. MDH mamlakatlari “Hamdoʻstlik” xalqaro stomatologiya assotsiatsiyasining FDI boʻyicha vakili, M.F. Vladimirskiy nomidagi Moskva mintaqaviy ilmiy tadqiqot klinik instituti(MONIKI) dotsenti - Ivanova Yelena,
9. S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti stomatologiya fakulteti dekani, Qozog‘iston bosh stomatologi, Qozog‘iston Stomatologlar Uyushmasi Prezidenti, professor – Saule Yessimbayeva.
Kongress natijalariga koʻra, “Hamdoʻstlik” davlatlararo stomatologiya assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlgan mamlakatlar uchun JSSTning stomatologik salomatlikni muhofaza qilish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “Ish rejasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilgan. Mamlakatlarimizda qo'llanilishi mumkin bo'lgan stomatologiyada davolash va profilaktika choralarini baholash uchun informatsion ko'rsatkichlarni asoslash.
DIQQAT!!!
Kongressda samarali va qulayroq ishlash uchun Tashkiliy qo'mita pullik ishtirok va moliyaviy yordam paketlarini taqdim etadi. Murojaat uchun: Valiyeva Farangiz Sodiqovna +998 33 276 08 08 (Telegram, WhatsApp)
Ishtirok etish uchun ariza berishdan oldin dasturni, shuningdek, ishtirok etish shartlarini diqqat bilan o‘qib chiqing. Tadbirda ishtirok etish rad etilgan yoki imkonsiz bo'lgan taqdirda tashkilotchi hisob-fakturada ko'rsatilgan summaning 50 foizini ushlab qoladi.
Ishtirok etish uchun talabgor tomonidan ilmiy maqolani ro‘yxatdan o‘tkazish va yuklash https://interactive.sammu.uz/application/conference veb-saytida 2024-yil 1-noyabrga qadar amalga oshiriladi.
Kongress ishtirokchilari aviachipta va mehmonxona uchun toʻlovlarni o’z xisoblaridan amalga oshiradi.
Murojaat uchun raqamlar:
- Kubayev Aziz Saydalimovich +998 91 521 32 00
- Abdullayev Temurbek Zafarovich +998 91 536 26 22
- Xazratov Alisher Isamiddinovich +998 90 251 22 11
Sizni Kongressda ko'rishdan xursand bo'lamiz va dolzarb muammolarni hal qilishda samarali yondashuvlarni yaratishga yordam beradigan munozaralarda faol ishtirok etishingizga umid qilamiz.
Hurmat bilan, tashkiliy qo'mita!