Samarqand davlat tibbiyot universiteti Rektor stipendiyasiga hujjatlar qabul qilish boshlanganini e’lon qiladi!
Barcha kerakli hujjatlar yig‘majild(fayl papka)da olib kelinadi.
Erishgan yutuqlaringiz: sertifikatlar, diplomlar, maqola va tezislaringiz ilmiy kotib tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1. Talaba ma’lumotnomasi
2. Pasport nusxasi
3. Erishgan yutuqlari ro‘yxati (3.4 shakl)
4. Ilmiy salohiyati (ilmiy anjumanlar, maqola va tezsizlar chop etilishi, olimpiadalardagi ishtirok)
5. Reyting daftarchasi nusxasi (dekanat tomonidan tasdiqlangan holda)
6. Xalqaro til sertifikati
7. Fakultet dekani tavsiyanomasi
8. Kafedra to‘garak rahbari tavsiyanomasi
9. SamDTU Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisining tavsiyanomasi
10. Ko‘rik-tanlov va sportdagi yutuqlari
11. Start-UP loyihalari g‘olibligi
Universitet Ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlangan barcha hujjatlarning yig‘ma jildi Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga topshiriladi.
Qabul 15.09.2024 ga qadar davom etadi.