Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

2022-yil 25-26-fevral kunlari “Zamonaviy stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligining innovatsion yondashuvlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etamiz!

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI

AXBOROT XATI!

Qadrli hamkasblar!

Samarqand davlat tibbiyot universiteti sizni 2022-yil 25-26-fevral kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan, olim S.E. Kubaevning xotirasiga bag‘ishlangan “Zamonaviy stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligining innovatsion yondashuvlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi.

Konferensiya maqsadi stomatologiya sohasida jahon yutuqlari, ilm va tajriba almashishidan iborat. Anjumanda yetakchi xorijiy olimlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Konferensiya tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi stomatologlar assotsiatsiyasi.

Konferensiya dasturining asosiy ilmiy yo‘nalishlari:

  • Yuz-jag' jarrohligi va jarrohlik stomatologiyasi;
  • Terapevtik stomatologiya;
  • Ortopedik stomatologiya;
  • Bolalar stomatologiyasi va ortodontiyasi.

Konferensiyaning rasmiy tillari: oʻzbek, rus va ingliz.

Konferensiya gibrid formatda (offlayn platforma va tadbirning onlayn platformasida) o‘tkaziladi.

Ishtirok etish shakli - kunduzgi (ilmiy ish taqdimoti), sirtqi (maqolalar nashr etilishi).

  lmiy-amaliy konferensiya materiallari OAK tomonidan e’tirof etilgan “JOURNAL OF ORAL Medicine AND CRANIOFACİAL RESEARCH” xalqaro resenziyali jurnalida: (ilmiy nashrning maxsus sonida) bepul chop etiladi. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan e’tirof etilgan “OURNAL OF ORAL Medicine AND CRANIOFACIAL RESEARCH” xalqaro jurnalida bepul chop etish (ilmiy nashrning maxsus sonida).

Tayyorlangan maqolalar, shuningdek, konferensiyada ishtirok etish uchun ariza talablarga muvofiq holda konferensiya tashkiliy qo‘mitasi elektron manzili (nodira_nazarova2912@mail.ru)ga yuborilishi shart. Ariza topshirish oxirgi muddati – 2022-yil 10-fevral.

Belgilangan tartibda taqdim etilmagan materiallar, tahririyat tomonidan qabul qilinmaydi. Barcha ishlar plagiatga tekshiriladi.

O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston, Samarqand, Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti.

Tadbir sanasi: 25-26/02/2022.

AXBOROT XATGA ILOVA

Maqolalarni taxrir qilish qoidalari

Maqolalar elektron pochta orqali yuborilishi kerak (Word formatidagi ilova - birinchi muallifning familiyasi yozilib, masalan: “petrov.doc”). Anjumanda ishtirok etish uchun ariza to‘ldirilishi shart. Iltimos, ariza va maqolalaringizni bir xatda aloxida fayllarda yuboring:

1) maqola nomi;

2) muallifning to'liq ismi (mualliflar soni 3 tadan ko'p bo'lmasligi zarur);

3) muassasa, shahar, mamlakat nomi;

4) maqola matni (kirish, tadqiqot materiallari va usullari, natijalar va ularning muhokamasi, xulosa, keltirilgan adabiyotlar roʻyxati. Maqola hajmi 6 betdan koʻp bo'lmasligi kerak;

5) Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, yuqori, past, oʻng va chapdan – 2 sm qoldirib, Times New Roman shriftida, 12 kegel kattaligida va interval – 1 bilan bo‘lishi talab etiladi.

MAQOLANI TAXRIRLANGAN NAMUNASI:

INTRAORAL GALITOZ DIAGNOSTIKASI ZAMONAVIY USULLARINING SHARXI

ASROR RUSLANOVICH OLIMOV

Samarqand davlat tibbiyot universiteti,

Samarqand, Oʻzbekiston.

Kirish: ... ... isbotlangan.

Maqsad: … … takomillashtirishgan

Tadqiqot materiallari va usullari: ……so'rov o'tkazildi.

Natijalar: ...... isbotlangan.

Xulosa: Shunday qilib ......

Adabiyotlar ro'yxati: ……

Konferentsiyada ishtirok etish uchun ariza

1

Ishtirokchi ismi (to'liq)

2

Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni

3

Ish joyi, manzili

4

Ilmiy ish nomi

5

Ishtirok etish shakli (nashr bilan ilmiy ish taqdimoti yoki faqat nashr)

6

Ishtirok etish shakli (onlayn / offlayn)

7

Telefon raqami

8

Elektron pochtasi

2022-yil 10-fevraldan keyinga qoldirmasdan konferensiyaga (taqdimotga) kelishingiz va ishtirok etishingiz haqida tashkiliy qo‘mitaga xabar berishingizni so’raymiz. Jurnalning elektron nusxasini Samarqand davlat tibbiyot universitetining www.sammi.uzsayti orqali yuklab olishingiz mumkin.

HURMAT BILAN SHUNI MALUM QILISHIMIZ JOIZKI, OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KARANTIN CHORALARI OZGARGANDA KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH SHAKLI TOLIQ ONLAYN TARZDA BOLISHI MUMKIN.

Tashkiliy qo‘mita manzili:

140100, Oʻzbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Amir Temur koʻchasi, 18 uy. Institut faksi: + 99866-233-71-75; + 99866-233-54-15.

Telefon raqamlar:

Isaev Umid Ismailovich +99897 9287048,

Bekmuratov Luqmon Rustamovich +99890 4573713.