×
Menu
Close Menu

Yo’riqnoma

  Magistratura to’g’risida nizomga muvofiq magistrlar tayyorlashga qo’yiladigan umumiy talablar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida» 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qarori bilan belgilanadi. Aniq mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlashga qo’yiladigan talablar oliy ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisliklari malaka talablari bilan belgilanadi.

Magistr:

tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbiy faoliyatni mustaqil yuritishga;
kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga;
oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limni magistrlik tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bo’yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida davom ettirishga;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida qo’shimcha kasb ta’limi olishga tayyorlanadi.

Magistr o’z mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining quyidagi turlari:

ilmiy-pedagogik;
ilmiy-ijodiy;
ilmiy-tadqiqot va tajriba;
loyiha-konstruktorlik;
loyiha-texnologik;
ishlab chiqarishda boshqaruv, shuningdek bakalavriat ta’lim yo’nalishiga muvofiq boshqa faoliyat turlari bo’yicha ham shug’ullanishi mumkin.

  O’qishning dastlabki ikki oyida magistratura talabasi o’z ilmiy rahbari bilan hamkorlikda Magistratura talabasining o’quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, magistrlik dissertasiyasini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasi‎ni tuzadi. Kalendar ish reja kafedra yig’ilishida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.
  Magistrant tomonidan kafedrada olib boriladigan ishlar, tadbirlar, o’tkaziladigan ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlar va mustaqil ishlarni olib borish tartibi, qaysi fandan, qanday mavzularda bo’lishi kafedra mudiri, ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchilar ishtirokidagi ishchi guruh tomonidan aniqlanadi va kafedra qarori bilan tasdiqlanadi.
1. Kafedra mudirining qarori bilan namunaviy rejadagi ishlarni kafedra uchun lozim bo’lgan va mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib, rejada keltirilmagan ishlar bilan almashtirish mumkin. Bu albatta, aniqlashtirilgan kalendar ish rejada o’z aksini topishi kerak.
2. Magistrant har oyda kafedra majlisida reja bo’yicha bajarilgan ishlarning hisobotini beradi. Hisobot bo’yicha kafedra yig’ilishi magistrant tomonidan reja bajarilgan yoki bajarilmagan mazmunidagi qaror qabul qiladi.
3. Semestr oxirida magistrant oylik hisobotlar asosida semestr bo’yicha yakuniy ilmiy-pedagogik ishi bo’yicha hisobotni (namunasi ilova qilingan) tayyorlaydi va magistratura bo’limiga topshiradi. Magistratura bo’limi boshlig’i, magistratura bo’limi uslubchisi, kafedra mudiri, ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilardan tashkil topgan ishchi guruh magistrantning hisoboti bo’yicha kafedra qarori va ilmiy rahbarning tavsiyasini e’tiborga olgan holda ilmiy-pedagogik ish qaydnomasiga magistrantning bahosini rasmiylashtiradi.
  Magistrant tomonidan kafedrada olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlari, magistrlik dissertasiyasini tayyorlash tartibi kafedra mudiri, ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchilar ishtirokidagi ishchi guruh tomonidan aniqlanadi va kafedra qarori bilan tasdiqlanadi. Kafedra mudiri va ilmiy rahbarning qarori bilan ilmiy-tadqiqot ishi mavzusining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda namunaviy rejadagi ishlarni dissertasiya ishini tayyorlash uchun lozim bo’lgan va rejada keltirilmagan ishlar bilan almashtirish mumkin. Bu albatta, aniqlashtirilgan kalendar ish rejada o’z aksini topishi kerak.
1. Magistrant har oyda kafedra majlisida ilmiy-tadqiqotlar rejasi bo’yicha bajarilgan ishlarning hisobotini beradi. Hisobot bo’yicha kafedra yig’ilishi magistrant tomonidan reja bajarilgan yoki bajarilmagan mazmunidagi qaror qabul qiladi.
2. Semestr oxirida magistrant oylik hisobotlar asosida semestr bo’yicha yakuniy ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash bo’yicha hisobotni (namunasi ilova qilingan) tayyorlaydi va magistratura bo’limiga topshiradi. Magistratura bo’limi boshlig’i, magistratura bo’limi uslubchisi, kafedra mudiri, ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilardan tashkil topgan ishchi guruh magistrantning hisoboti bo’yicha kafedra qarori va ilmiy rahbarning tavsiyasini e’tiborga olgan holda ilmiy-tadqiqot ish qaydnomasiga va dissertasiyani tayyorlash qaydnomasiga magistrantning bahosini rasmiylashtiradi.