×
Menu
Close Menu

​TTJ da “Milliyligimiz aks etgan anʼanalar” nomli tadbir oʻtkazildi

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti Yoshlar Ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti 2-son Davolash fakulteti hamda fakultet koordinatori tashabbusi bilan 3-sonli Talabalar turar joyida talabalar oʻrtasida “Milliyligimiz aks etgan anʼanalar” deb nomlangan tadbirda tashkil qilindi.

    Milliy qadriyatlar har bir millatning tili, urf-odatlari, tarixi, madaniyati, anʼanalarini, barcha moddiy va maʼnaviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini oʻz ichiga qamrab oladi. Ularni talaba-yoshlarga yetkazish bugungi kunning asosiy vazifalaridandir.

    Mazkur tadbir yoshlar tarbiyasida oʻzbek milliy qadriyatlarining tutgan oʻrnini oshirish, mustahkamlash hamda buyuk ajdodlarimizdan meros boʻlgan bebaho, asl milliy qadriyatlarimizni targʻib qilish maqsadida oʻtkazildi.

    Ushbu tadbirda milliy taomlar va millatlarning urf-odatlari hamda anʼanalarini targʻib etuvchi koʻrgazmalar namoyish etildi.

    Shuningdek, “Milliy libos”, “Milliy qoʻshiq” va “Milliy raqs” yoʻnalishlarida talaba-qizlar tomonidan milliy qadriyatlarimiz hamda anʼanalarimiz aks etgan jamoaviy sahna koʻrinishlar namoyish etildi.

    Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan qadriyatlar har bir millatning oʻtmishi, buguni va kelajagini oynadek koʻrsatib turuvchi eng muhim omillardan biri ekanligi taʼkidlandi.

    Oʻtkazilgan ushbu tadbir soʻngida 2-son Davolash fakulteti Xotin-Qizlari tyutorlarni 8-mart Xalqaro Xotin qizlar bayrami bilan talabalar tomonidan tabriklagan holda tadbirda faol qatnashganlar esdalik sovgʻalar hamda diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.


SamDTU matbuot xizmati