×
Menu
Close Menu

Stomatologiya fakulteti talabalari bilan profilaktik davra suhbati oʻtkazildi

  Joriy yilning 19-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakulteti talabalari bilan giyohvand va psixotrop vositalarning tarqalishini oldini olish, yoʻl harakati qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash hamda korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

  Tadbirda SamDTU rektori maslahatchisi E.Aripov, Stomatologiya fakulteti dekani A.Axmedov, universitet inspektori O.Eshmurodov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi B.Rashidov hamda Samarqand viloyati IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati rahbari X.Safarovlar ishtirok etdi.

  Uchrashuv davomida talabalarning turli yot gʻoya va oqimlar hamda giyohvand moddalar taʼsiriga tushib qolmasliklari, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini sodir etmasliklari, jamiyatdagi yurish turish qoidalariga amal qilishlari haqida tushuntirishlar berib oʻtildi.

  Shuningdek, talabalar koʻchada harakatlanish davomida yoʻl harakati qoidalariga rioya etishlari zarurligi va aks holda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noxush holatlar va qoida buzilganlik uchun belgilangan javobgarliklar haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi.

  Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.


SamDTU matbuot xizmati