Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Rahbar ayol imidjini yaratish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

  Tibbiy profilaktika jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti talabalari bilan Samarqand shahar A.S.Pushkin nomidagi kutubxonasidaRahbar ayol imidjini yaratishmavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat oqila ayollar harakati rahbari J.Sayfiddinova va faollari, shahar hokimi oʻrinbosari Z.Saudova, SamDTU Tibbiy profilaktika jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti dekan oʻrinbosari G.Shomurodova, ARM mudiri D.Mansurova va talabalar ishtirok etdi.

  Tadbirda ortoped xirurgiya va topografik anatomiya kafedrasida koʻp yillardan buyon faoliyat olib borayotgan tibbiyot fanlar nomzodi, oliy toifali jarroh, Samarqand shahar xalq deputatlari kengashi deputati Zoxidova Sanoat Hamidovnaning muvaffaqiyat yoʻlidagi izlanishlari hamda erishgan yutuqlari haqida soʻz bordi. Davra suhbatida jamiyatda rahbar ayolning imidji haqida soʻz yuritilib, Sanoat Hamidovna misolida yigʻilganlarga oʻziga xos ruhiy ozuqa ulashildi.

  Shuningdek, tadbirda Sanoat Hamidovnaning ijod mahsuli boʻlganOperatsiyadan keyingi churralarni davolashning zamonaviy usullariyangi kitobi taqdimoti ham tashkil etilib qoʻllanma keng ommaga tatbiq etildi.


SamDTU matbuot xizmati