×
Menu
Close Menu

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomdor davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisida!

Talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, boshqa nomdor davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:

  • umumtaʼlim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uygʻunlashtirish;
  • yoʻnalishlar boʻyicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
  • kamida ikkita eʼlon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;

tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari), bakalavriatdagi taʼlim yoʻnalishi yoki magistraturadagi mutaxassislik xorijiy til boʻlgan taqdirda esa qoʻshimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi;

  • Oʻzbekiston tarixini bilish.
  • Tillarni, axborot texnologiyalarini, Oʻzbekiston tarixini bilish boʻyicha talab darajalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi belgilaydi.

  Talabgorlar dastlabki koʻrib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni topshiradilar:

  • sinov daftarchasidan koʻchirma;
  • dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
  • ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
  • tillar kafedrasining suhbat natijalari haqidagi maʼlumotnomasi;
  • rahbarning fikr-mulohazalari;
  • ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
  • ilmiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari

Qo'shimcha ma'lumot uchun +998901939309 raqamiga qo'ng'iroq qiling Payzullaeva Umida Furkatovna