Vengriya hukumati o'zining "Stipendium Hugaricum" ta'lim grantlari dasturi doirasida ushbu mamlakat OTMlarida o'qish uchun 2023/2024-o'quv yiliga O'zbekistondan o'qishga topshiruvchi nomzodlar uchun 170 ta kvota ajratganini ma'lum qilamiz. Bunda:
bakalavriat uchun 20 ta
magistratura uchun 60 ta
bakalavr+magistratura qo'shma dasturi uchun 10 ta
Ph.D. uchun 60 ta
Sport dasturlari uchun 20 ta kvota ajratiladi.
Stipendiyalardan uch oydan o'n oygacha bo'lgan ta'lim dasturlari uchun ham foydalanish mumkin.
Hujjatlar onlayn tartibda 2023-yil 16-yanvar soat 14.00ga qadar https://apply.stipendiumhungaricum.hu/ sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Barcha qiziquvchilarni ushbu imkoniyatdan faol foydalanishga chaqiramiz.
Mazkur stipendiya haqida to'liq ma'lumotni https://stipendiumhungaricum.hu/about/ orqali olishingi mumkin.
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi