Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Ashurova Martaba Ashurovna (1955 - 2022)

Bugun 2022-yil 3-fevral kuni beshafqat oʻlim oramizdan Samarqand davlat tibbiyot instituti Axborot-resurs markazi yetakchi xodimi Ashurova Martaba Ashurovnani olib ketdi.

  Ashurova Martaba Ashurovna 1955-yil 26-may oyida Samarqand shahrida tugʻilgan. U kishi eng yaxshi rafiqa, 3 nafar farzandning sevimli onasi va koʻpgina nabiralarning mehribon buvisi edi.

  Martaba Ashurovna 2009-yilda institut Axborot-resurs markaziga ishga qabul qilingan. Axborot-resurs markaziga ish davrida u kishi intizomli, ishchanligi, talabchanligi va jamoada eng hurmatga sazovor xodim edi.

  Axborot-resurs markazida kelib tushayotgan adabiyotlarning barchasini Axborot-resurs markazining avtomatlashtirilgan tizimiga elektron katalogining maʼlumotlar bazasi adabiyotlarning bibliografik va texnologik tavsifini kiritishiga oʻzining hissasini qoʻshib keldi.

  U kishi asosan talabalar bilan ishlagan. Kitobxonlarga semestr va davriy mashgʻulotlariga berilgan oʻquv adabiyotlar va boshqa hujjatlarni oʻz vaqtida kutubxonaga qaytarishni muntazam nazorat qilib kelmoqda edi.

  Ashurova Martaba Ashurovna institut jamoat ishlarida faol qatnashgan. U kishi kamtarin va toʻgʻrisoʻzligi, mehribonligi tufayli hamkasblari va talabalar orasida hurmatiga sazovor boʻlib, oʻzining vazminligi, nasihatgoʻyligi va intizomi bilan har doim oʻrnak boʻlib keldi.

  Martaba Ashurovaning yorqin xotirasi qalbimizda abadiy saqlanajak.


Samarqand davlat tibbiyot instituti maʼmuriyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasi