Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Tailand xalqaro hamkorlik agentligi (TICA) onlayn o‘quv kurslari haqida e’lon!

  Islom hamkorlik tashkiloti va Tailand xalqaro hamkorlik agentligi (TICA) tomonidan 2021 yil uchun 29 ta onlayn o‘quv kurslari tashkil etilgan.

  Mazkur onlayn o‘quv kurslaridan bir nechtasi turli muddatlarga ko‘chirilganligini ma’lum qilamiz (yangi jadval https://tica-thaigov.mfa.go.th/en veb-saytida e’lon qilinadi).

  Shu bois kurslarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati ham yangi muddatlarga uzaytirilgan. Ushbu kurslarda ishtirok etish istagini bildirgan yangi nomzodlar veb-sahifada keltirilgan havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur.

  O‘quv kurslari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan https://qrgo.page.link/esKW8 veb-sahifasi va aitc@mfa.mail.go.th elektron manziliga xat yo‘llash orqali yoki institutning xalqaro hamkorlik bo’limiga murojaat qilishi mumkin.


Xalqaro hamkorlik bo’limi