Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Xirurgiya fanlari bo’yicha talabalar o’rtasida "Xalqaro olimpiada"ga qatnashish uchun arizalar qabul qilinmoqda

  Hurmatli Samarqand davlat tibbiyot instituti 3-6-kurs talabalari sizlarni 2021-yil 11-12-noyabr kunlari "ROSSIYA FEDERATSIYASI BOSHQIRTISTON DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI"da umumiy xirurgiya , fakultet xirurgiyasi hamda gospital xirurgiya fanlaridan bo’ladigan oflayn "Xalqaro olimpiada" oʻtkazilishi munosabati bilan 2021-yil 20-sentabrdan 30-sentabrgacha talabalar oʻrtasida Xalqaro olimpiadaga qatnashish uchun tanlov oʻtkazilmoqda.

  Tanlovda ijobiy baholanib saralab olingan iqtidorli talabalar Boshqirdiston davlat tibbiyot universitetida oʻtkaziladigan Xalqaro olimpiadaga ishtirok etishadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan talabalar rus va ingliz tillarini bilishi kerak.

 Tanlov oʻtkaziladigan manzil: SamDTI 1-son xirurgik kasalliklar kafedrasi.

  Tanlov oʻtkazish uchun masʼul xodim: 1-son xirurgik kasalliklar kafedrasi TIJ boʻyicha masʼul assistent Diyor Shukurullayevich Abduraxmanov.

  Murojaat uchun tel: +998979144848