Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Nobel mukofoti sohibi SamDTIda ma’ruza qiladi !

  20 sentabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida jahonga mashhur olim, «DNK qayta tiklanishini tadqiq etish uchun» 2015 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan turk-amerika olimi d-r Aziz Sanjar (Dr. Aziz Sanjar) ma’ruza qilishi rejalashtirilgan.

  Doktor Aziz Sanjar institutimiz xodimlari uchun «Sirkad soatlari, DNK qayta tiklanishi, rak ximiyaterapiyasi» mavzusida ma’ruza qiladi.

SamDTI matbuot xizmati