×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada 5 kurs pediatriya, 4 kurs tibbiy – pedagogika, davolash ishi, tibbiy profilaktika fakulteti va 3 kurs tibbiy biologiya fakulteti talabalari va ikkinchi oliy ta`limb o`yicha chet ellik talabalarning 3 kurs talabalari «Ftiziatriya» fani dasturi asosida taxsil olishadi.

  2005 yildan boshlab magistrlar va klinik ordinatorlar "Ftiziatriya" mutaxassisligi bo'yicha tayyorlanmoqda.

  Shuningdek, kafedrada umumiy amaliyot vrachlar, pediatrlar, malaka oshirish fakultetining ixtisoslik kurslari tinglovchilari uchun ma'ruzalar kursi muntazam o'qib boriladi.

  2014 yildan boshlab, ftiziatriya kafedrasi, Samarqand tibbiyot institutining barcha kafedralari va kurslari kabi, talabalarni moodle.sammu.uz modulli tizim asosida o'qitishni boshladi.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

– Davlat ta`lim standarti;

–Malaka talablari;

–O’quv rejasi;

– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:

– tasdiqlangan tashxis standartlari;

– xalqaro tavsiyalar;

– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar multimediya yordamida namoyish etiladi.

Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni laborator va rentgenologik diagnostika xonalarida ko’rish tashkil etilgan.

  Kafedra kutubxonasi:

• Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 30 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.

• Elektron kutubxona darslik, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Kafedrada o'quv -uslubiy ishlar muntazam olib boriladi. Kafedra xodimlari tomonidan "Limfadenopatiya sindromi", "Meningokok infeksiyasi", "Valeologiya", "Sil kasalligining oldini olish", "Sil kasalligi haqida nimalarni bilishingiz kerak" kabi uslubiy qo'llanmalar tayyorlandi va chop etildi. "Основы фтизиатрии" va "Ftiziatriya asoslari" darsliklari tayyorlandi va nashr etildi.