×
Menu
Close Menu

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “ENG FAOL YIL TALABASI” tanlovini eʼlon qiladi

  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “ENG FAOL YIL TALABASI” tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich (5-, 6-bosqich talabalari ixtiyoriy) talabalari ishtirok etishi mumkin.
Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib, tanlovning respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
🟢Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
🟢Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
🟢Yilning eng faol sportchi talabasi;
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi;
🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichi ikki turda o‘tkaziladi. 1-tur fakultet miqyosida (25-30 oktabr kunlari), 2-tur OTM miqyosida (1-4 noyabr kunlari) o‘tkaziladi.
Tanlovning OTM bosqichi 2-turida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda  bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

📌 “Yil talabasi” tanlovi nizomi ( https://drive.google.com/file/d/1RJ1Co40qDKsiCaGJC... )



( https://telegra.ph/Oliy-talim-muassasalari-talabal... )🧊
Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 28 oktabr kuniga qadar Siz tahsil olayotgan fakultetdagi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishingiz mumkin.