Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan respublika fan olimpiadasi o‘tkaziladi

  Ushbu olimpiada bakalavriat bosqichining 2023/2024-o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida 1-10-iyun kunlari bo’lib o’tadi.

Olimpiada ishtirokchilari olimpiada.edu.uz elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Olimpiada o‘tkaziladigan joylar:

  • Kimyo fanlari bo‘yicha – Toshkent kimyo texnologiya instituti
  • Fizika va Biologiya fanlari bo‘yicha – O‘zbekiston milliy universiteti;
  • Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha – Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.

  Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi haqida vazirlikning rasmiy sahifalarida va elektron platformada e’lon beriladi.

 Eslatma o‘rnida, olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga imtiyozli qabul qilish imkoniyatiga ham ega bo‘lishlari mumkin.



https://olimpiada.edu.uz/