Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusidagi rasmlar tanlovi tashkil etiladi.
Tanlov joriy yilning 17-oktyabr kuni o‘tkaziladi. Ishtirok etish istagidagi talabalar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.