×
Menu
Close Menu

Koreyada magistratura va doktorantura bosqichida to'liq moliyalashtirilgan hоlda tahsil olish imkoniyati — KOICA Scholarship Program dasturi

  Hurmatli; o’qituvchilar,ilmiy xodimlar,doktorantlar,magistrantlar, diqqatiga.

  Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) murojaat bilan chiqdi. Mazkur murojaatga ko‘ra, KOICA bosh qarorgohi Koreya universitetlari bilan hamkorlikda uzoq muddatli magistrlik o‘quv dasturlarini tashkil qilayotganligini ma’lum qildi.

  Shu munosabat bilan, joriy yilning 24-dekabriga qadar mazkur o‘quv dasturlarida ishtirok etishni istagan, belgilangan talab va shartlarga mos salohiyatli nomzodlarni tavsiya qilishingiz so‘raladi.

Nomzodlardan talab etiladi:

Tegishli hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda to‘ldirish.

Hujjatlarni KOICA elektron manziliga yuborish (havolalar KOICA xatida ko‘rsatilgan).

O‘quv dasturlari haqidagi batafsil ma’lumotlar ilova qilingan. Ilovani elektron shaklda yuklab olish imkoniyati mavjud.



Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi