O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga o’qish uchun hujjatlarni qabul qilish jarayonlari 2024-yilning 10-apreliga qadar davom etadi. Akademiyada quyidagi ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha ta’lim jarayoinlari yo’lga qo’yilgan:
I.BAKALAVRIYAT
- harbiy vrach (1 yil)
II. HARBIY INTERNATURA
- Ichki kasalliklar (terapiya) (1 yil)
- Umumiy xirurgiya
- Yuqumli kasalliklar yo‘nalishlar bo‘yicha(1 yil)
III. KLINIK ORDINATURA
- Ichki kasalliklar (terapiya) (2 yil)
- Umumiy xirurgiya (3 yil)
- Yuqumli kasalliklar (2 yil)
IV. MAGISTRATURA
- Harbiy sog‘liqni saqlashni tashkil etish va menejmenti (2 yil)
V. DOKTORANTURA
- Harbiy tibbiyot (3 yil)
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy tibbiy ta’lim muassasalari davolash fakulteti 5-bosqich talabalari hamda Tibbiy profilaktika fakulteti 4-bosqich talabalari hujjat topshirishlari mumkin.
Shuningdek, Harbiy tibbiyot akademiyasi talabalariga quyidagi imtiyoz va yengillilklar ko’zda tutilgan:
- Bepul yotoqxona (2 o‘rinli);
- Uch mahal bepul issiq ovqat;
- Faslga qarab bepul harbiy kiyim-kechaklar;
- Pul ta’minoti (stipendiya):
- Qoniqarli bahoga o‘qigan kursantlarga– 886 949 so‘m;
- Yaxshi bahoga o‘qigan kursantlarga– 1 009 792 so‘m;
- A’lo bahoga o‘qigan kursantlarga– 1 163 064 so‘m.
- Shahar transportlaridan bepul foydalanish;
- Harbiy davolash muassasalarida bepul davolanish;
- Qishda 15 kunlik ta’til yozda esa 30 kunlik ta’til;
- Yozgi ta’tilga te’mir yo‘l va davlat avtotransportidan bepul foydalanish
- Ota-onalar yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi