×
Menu
Close Menu

​AQShning Vebster universiteti “Sogʻliqni saqlash boshqaruvi magistri (МНА)” dasturi uchun tanlov eʼlon qiladi

  Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan AQShning Vebster universiteti oʻrtasida oʻzbekistonlik mutaxassislarni 2024-yilning mart oyidan boshlab “Sogʻliqni saqlash boshqaruvi magistri (МНА)” bir yarim yillik kursida oʻqitish boʻyicha kelishuv imzolangan boʻlib, unga koʻra dastur oʻzbekistonlik mutaxassislarni davlat hisobidan (bepul) oʻqishga yuborish uchun ikki bosqichdan iborat boʻlgan, kengaytirilgan ochiq tanlov 2023-yilning 21-dekabridan 2024-yilning 29-yanvariga qadar oʻtkaziladi.

  Ochiq tanlovda 25 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari xodimlari, oliy tibbiy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin.

Birinchi bosqich (2024-yilning 25-yanvariga qadar) — tanlov shartlariga muvofiq nomzodlarga tegishli hujjatlarni toʻplash va ularni baholash;

Ikkinchi bosqich — komissiya huzurida nomzodlarning uch yoʻnalishda berilgan savollarga javob berishini baholashdan iborat:

1. 2017-yildan keyin tibbiyotda olib borilayotgan islohotlar;

2. Xalqaro tibbiyot;

3. Tizimda samarali boshqaruvni tashkil etish boʻyicha takliflar;

  Tanlovning ikkinchi — suhbat bosqichi 2024-yilning 25-yanvar (juma) kuni soat 14:00 dan 18:00 ga qadar, 26-yanvar (shanba) kuni 10:00 dan 16:00 ga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligining katta majlislar zalida oʻtkaziladi.

  anlovda ishtirok etish uchun talabgorlar hujjatlarni topshirish boʻyicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 712681744 va 712676074 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.anlovda ishtirok etish uchun talabgorlar hujjatlarni topshirish boʻyicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 712681744 va 712676074 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.