2023 yil 1-dekabrgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2023/2024 oʻquv yili uchun Belarus Respublikasi Vitebsk davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda klinik ordinatura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul amalga oshirilmoqda:
- Akusherlik va genikologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
- Kardiologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
- Nevrologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin) , oʻqish muddati 2 yil (1+1);
- Otorinolaringologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
- Travmatologiya va ortopediya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
- Yuz-jagʻ xirurgiyasi (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
- Yurak qon-tomir xirurgiyasi (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
- Xirurgik stomatologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
- Torokal xirurgiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
- Ultra tovush diagnostikasi (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
Kirish imtihon bloklari: mutaxassislik fani, rus tili.
Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlari haqida chuqurroq maʼlumotni Belarus Respublikasi Vitebsk davlat tibbiyot universitetining rasmiy saytlari orqali olishlari mumkin. Shuningdek, abituriyentlar (https://interactive.sammu.uz/service/all) platformasiga tegishli maʼlumotlarni kiritib, quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun abituriyentlar SamDTU qoʻshma taʼlim fakultetiga murojaat qilishlari mumkin.
Murojaat uchun telefon:
+998 97 914 48 48 (Abduraxmanov Diyor Shukurullaevich)
Haftaning ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha. Shoshiling, bizda oʻrinlar cheklangan.