Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Qo’shma ta’lim dasturlariga qabul davom etmoqda

2023-yil 1-noyabrgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2023/2024-oʻquv yili uchun Słupskdagi Pomarsk universiteti bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul davom etmoqda.


Quyidagi yoʻnalishlarga qoʻshma taʼlim dasturlari eʼlon qilingan:

  • Kosmetologiya (qabul kvotasi 30 oʻrin), oʻqish muddati 3 yil (2+1);

Kirish imtihon bloklari: biologiya, jamiyatshunoslik, rus tili.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar Pomarsk universitetining rasmiy sayti (https://study.gov.pl/universit...) orqali kerakli maʼlumotlarni olishlari mumkin Shuningdek, abituriyentlar https://interactive.sammu.uz/ru platformasiga tegishli maʼlumotlarni kiritib, quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.

Rossiya Oltoy davlat tibbiyot universiteti bilan

  • Stomatologiya (qabul kvotasi 50 oʻrin), oʻqish muddati 5 yil (3+2);

Kirish imtihon bloklari: biologiya, jamiyatshunoslik, rus tili.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar Oltoy davlat tibbiyot universitetining rasmiy sayti (https://asmu.ru/abitur/) orqali kerakli maʼlumotlarni olishlari mumkin. Shuningdek, abituriyentlar https://interactive.sammu.uz/ru platformasiga tegishli maʼlumotlarni kiritib, quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.

Rossiya Federatsiyasining Imanuil Kant nomidagi Boltiq federal universiteti bilan

  • Bioinjeneriya va Bioinformatika (qabul kvotasi 30 oʻrin), oʻqish muddati 5 yil (3+2);

Kirish imtihon bloklari: rus tili, Matematika, biologiya/informatika (uchinchi blokdagi fanni abiturient oʻzi tanlashi mumkin).

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar Imanuil Kant nomidagi Boltiq federal universitetidaShaxsiy kabinetochishlari va (https://kantiana.ru/enrollee/admission-committee/priem-inostrannykh-grazhdan/ orqali kerakli maʼlumotlarni olishlari mumkin. Shuningdek, abituriyentlar https://interactive.sammu.uz/ platformasiga tegishli maʼlumotlarni kiritib, quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun abituriyentlar SamDTU qoʻshma taʼlim fakultetiga murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon:

+998 97 914 48 48 (Abduraxmanov Diyor Shukurullaevich)

Haftaning ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha. Shoshiling, bizda oʻrinlar cheklangan.