Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“El-yurt umidi” 2023-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovi e’lon qilindi

  O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi xorijda bakalavriat, magistratura va doktorantura yoʻnalishlarida taʼlim olish boʻyicha 2023-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovi eʼlon qilindi.

  “El-yurt umidijamgʻarmasi 2023-yilda ajratilgan jami 500 oʻrinli kvotadan vakant qolgan 345 oʻrinli 2-ochiq stipendiya tanlovida 2023-2024 oʻquv yili xorijda taʼlim olish uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

- bakalavriat taʼlim dasturi uchun 22 oʻrin,

- magistratura taʼlim dasturi uchun 193 oʻrin,

-doktorantura taʼlim dasturi uchun 130 oʻringa stipendiyalar ajratishini maʼlum qiladi.

  Tanlovda ta’lim muassasasining yosh pedagoglari, tadqiqotchi-izlanuvchilari hamda talabalar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda quyidagi yo’nalishlar orqali hujjatlar qabul qilinadi:

-  Davlat va jamiyat boshqaruvi

-  Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasi

-  Ta’lim, sog’liqni saqlash va boshqa ijtimoiy sohalar

-  Iqtisodiyot sohasi 

  Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tavsiyasi va Jamgʻarma vasiylik kengashining qaroriga muvofiq respublika uchun alohida ahamiyatga ega tibbiy mutaxassisliklar boʻyicha ikki yilgacha klinik ordinaturani oʻtash uchun stipendiyalar ajratilishi mumkin.

  Mazkur tanlovlarga hujjatlar joriy yilning 10-noyabriga qadar jamgʻarmaning rasmiy sayti (http://admission.eyuf.uz) orqali qabul qilinadi.