Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Klinik Ordinatura qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul davom etmoqda

  2023 yil 4-oktyabrdan 20-oktyabrgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2023/2024 oʻquv yili uchun Belarus Respublikasi Vitebsk davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda klinik ordinatura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul amalga oshirilmoqda:

Akusherlik va genikologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);

Kardiologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);

Nevrologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin) , oʻqish muddati 2 yil (1+1);

Otorinolaringologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);

Travmatologiya va ortopediya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);

Yuz-jag’ xirurgiyasi (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);

Yurak qon-tomir xirurgiyasi (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);

Xirurgik stomatologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);

Torokal xirurgiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);

Ultra tovush diagnostikasi (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);

  Kirish imtihon bloklari: mutaxassislik fani rus tili.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida xaqida chuqurroq ma’lumotni Belarus Respublikasi Vitebsk davlat tibbiyot universitetining rasmiy saytlari orqali olishingiz mumkin. Xujjatlarni https://interactive.sammu.uz/service/all platformasi orqali topshirishingiz mumkin. Tegishli maʼlumotlarni kiritish va hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklash talab etiladi.

  Talabgorlar ushbu qayd varaqadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shaxsan oʻzi javobgar hisoblanadi.

Roʻyxatdan oʻtish jarayoni tugagandan soʻng talabgor maʼlumotlarini oʻzgartira olmaydi, qayd varaqadagi maʼlumotlar yuzasidan murojaatlar (shikoyatlar) inobatga olinmaydi. Notoʻgʻri toʻldirilgan arizalar qayd etilmaydi.

Murojaat uchun telefon:

+998 97 914 48 48 (Abduraxmanov Diyor), +998 90 606 70 00 (Poʻlatov Ulugʻbek),

Haftaning ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha murojaat etishingiz mumkin