Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Bakalavriyat Qo'shma ta'lim dasturlariga qabul boshlandi!

2023 yil 1-avgustdan 15-avgustgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2023/2024 oʻquv yili uchun Rossiya Federatsiyasining I.N. Ulyanov nomidagi Chuvashiya davlat universiteti bilan hamkorlikda bakalavriyat qo‘shma ta’lim dasturi qabul amalga oshirilmoqda:

  • Klinik psixologiya (qabul kvotasi 30 oʻrin), oʻqish muddati 5,5 yil (3+2,5);

  Kirish imtihon bloklari: biologiya, jamiyatshunoslik, rus tili.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar I.N. Ulyanov nomidagi Chuvashiya davlat universitetida “Shaxsiy kabinet” ochishlari (https://abiturient.chuvsu.ru/urovni/spo/dokumenty-dlya-postupleniya)va kerakli maʼlumotlarni olishlari mumkin (roʻyxatdan oʻtish qoidalari bu yerda).

2023 yil 1-avgustdan 15-avgustgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2022/2023 oʻquv yili uchun Rossiya Federatsiyasining Imanuil Kant nomidagi Boltiq federal universiteti bilan hamkorlikda bakalavriyat qo‘shma ta’lim dasturi qabul amalga oshirilmoqda:

  • Bioinjeneriya va Bioinformatika (qabul kvotasi 30 oʻrin), oʻqish muddati 5 yil (3+2);

  Kirish imtihon bloklari: rus tili, Matematika, biologiya/informatika (uchinchi blokdagi fanni abiturient uzi tanlashi mumkin).

  Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni Imanuil Kant nomidagi Boltiq federal universitetida “Shaxsiy kabinet” ochishlari (https://kantiana.ru/enrollee/admission-committee/priem-inostrannykh-grazhdan/) va kerakli maʼlumotlarni olishlari mumkin (roʻyxatdan oʻtish qoidalari bu yerda).

  Shu bilan bir qatorda, https://interactive.sammu.uz/ platformasida tegishli maʼlumotlar kiritilishi va quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklanishi talab etiladi.

Talabgorlar ushbu qayd varaqadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shaxsan oʻzi javobgar hisoblanadi.

  Roʻyxatdan oʻtish jarayoni tugagandan soʻng talabgor maʼlumotlarini oʻzgartira olmaydi, qayd varaqadagi maʼlumotlar yuzasidan murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi. Notoʻgʻri toʻldirilgan arizalar qayd etilmaydi.

  Murojaat uchun telefon:

+998 97 914 48 48 (Abduraxmanov Diyor), +998 90 448 01 95 (Baxromov Bunyod),

Haftaning ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha murojaat etishingiz mumkin