×
Menu
Close Menu

​KLINIK ORDINATURA QOʻSHMA TAʼLIM DASTURLARIGA QABUL BOSHLANISHINI EʼLON QILAMIZ!

  2023 yil 1-avgustdan 13-avgustgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2023/2024 oʻquv yili uchun Rossiya Federatsiyasining M.F. Vladimirskiy nomidagi Moskva mintaqaviy tadqiqot klinik instituti bilan hamkorlikda klinik ordinatura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul amalga oshirilmoqda:

  • Akusherlik va genikologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Gematologiya (qabul kvotasi 5 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Endokrinologiya (qabul kvotasi 5 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Neyroxirurgiya (qabul kvotasi 5 oʻrin) , oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Onkologiya (qabul kvotasi 5 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Otorinologiya (qabul kvotasi 5 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Plastik xirurgiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 5 yil (3+2);
  • Yurak qon-tomir xirurgiyasi (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 3 yil (2+1);
  • Torokal xirurgiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Travmatologiya va ortopediya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Urologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Yuz-jag’ xirurgiyasi (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Xirurgik stomatologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Ortopedik stomatologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);

  Kirish imtihon bloklari: mutaxassislik fani rus tili.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar M.F. Vladimirskiy nomidagi Moskva mintaqaviy tadqiqot klinik institutida “Shaxsiy kabinet” ochishlari (https://edu.monikiweb.ru/ord-post.php) va kerakli maʼlumotlarni yuklashlari lozim (roʻyxatdan oʻtish qoidalari bu yerda). Shu bilan bir qatorda https://interactive.sammu.uz/service/all platformasida tegishli maʼlumotlar kiritilishi va quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklanishi talab etiladi.

Talabgorlar ushbu qayd varaqadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shaxsan oʻzi javobgar hisoblanadi

  Roʻyxatdan oʻtish jarayoni tugagandan soʻng talabgor maʼlumotlarini oʻzgartira olmaydi, qayd varaqadagi maʼlumotlar yuzasidan murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi. Notoʻgʻri toʻldirilgan arizalar qayd etilmaydi.

  Murojaat uchun telefon:

+998 97 914 48 48 (Abduraxmanov Diyor), +998 90 606 70 00 (Poʻlatov Ulugʻbek),

Haftaning ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha murojaat etishingiz mumkin