×
Menu
Close Menu

2023-2024 oʻquv yili uchun N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti klinik ordinatura mutaxassisliklariga qabul jarayoni boshlandi

  Oʻqish muddati 2 yil boʻlib, oʻqish uchun mablagʻlar Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagiIqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi fondihisobidan toʻlov kontrakt summasi toʻlab beriladi.

  Talab: rus tilini mukammal bilish (erkin suhbatlashish va yozish).

  Qabul tanlovi 2 bosqichda oʻtkaziladi:

  1. Bakalavriat fanlari boʻyicha rus tilidan suhbat
  2. Markazlashtirilgan onlayn test sinovi

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar 1-avgust kuni soat 9-00 da Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinik ordinatura boʻlimiga murojaat qilishlari soʻraladi.

  Topshiriladigan hujjatlar roʻyxati

  1. Xalqaro pasport nusxasi, rus tiliga tarjimaga qilingan va notariusda tasdiqlangan.
  2. Taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlar va ilovalari rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan.
  3. Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat 1991-yildan 2019-yil 31-maygacha olingan xolda bosh ekspert markazda (https://nic.gov.ru/ ) da guvohnoma olinishi kerak.
  4. Tibbiy maʼlumotnoma rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan.
  5. OITS analizlari natijalari rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan.
  6. Koʻkrak qafasi flyuorografiyasi yoki obzor rentgenografiyasi natijalari rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan.

Murojaat uchun telefon:

+998 98 772 44 88 (Poʻlatov Ulugʻbek Sunatovich)

+998 98 189 00 96 (Shopulotov Shoxrux Asliddinovich)