×
Menu
Close Menu

​Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlandi!

 Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinik ordinaturasiga 2023/2024 o‘quv yili uchun qabul boshlanganligini e’lon qilamiz. Qabul O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rejasi va tegishli buyruqlariga asosan amalga oshiriladi.

Quyidagi hujjatlarni topshirish so‘raladi:

1. Rektor nomiga ariza (namuna);

2. Diplom (ilovasi bilan);

3. 086 U tibbiy ma’lumotnoma;

  Hujjatlarni qabul qilish faqat onlayn tarzda interactive.sammu.uz  sayti orqali amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

+998 98 772 44 88 Po‘latov Ulug‘bek Sunatovich

+998 99 666 00 32 Abdulloyev Afzal Sarxadovich

+998 98 189 00 96 Shopulotov Shoxrux Asliddinovich

Dushanba-shanba kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha

  Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan boshlab, joriy yilning 22 avgustigacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

 Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul tanlangan mutaxassislikga mos ravishda tegishli bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari fanlari negizida kirish sinov imtixonlari ikki bosqichda (og‘zaki va test sinovlari) amalga oshiriladi.

1 bosqich – mutaxassislikga mos fanlar bo‘yicha og‘zaki sinovlari;

2 bosqich – mutaxassislikga mos fanlar bo‘yicha test sinovlari.

Mutaxassisliklar boʼyicha bakalariat yoʼnalishlarining mosligi


2023-2024 O'quv yillar uchun klinik ordinatura yo'nalishlar bo’yicha o'rinlar taqsimoti