Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Uzbekistan Aziz Sancar Research Fellowship Programme tadqiqot stipendiyasi dasturi

  Turkiyaning Fan va texnologiyalar qoʻmitasi tomonidan 12 oydan 36 oygacha boʻlgan muddatda ilmiy tadqiqotini Turkiya oliygohlarida davom ettirish istagidagi Oʻzbekistonlik tadqiqotchilar uchun Uzbekistan Aziz Sancar Research Fellowship Programme tadqiqot stipendiyasi dasturiga arizalar qabul qilish boshlanganligi va hujjatlar joriy yilning 14-iyuliga qadar hujjatlar TYBS onlayn portali (https://goo.su/BAw50) qabul boshlandi.

  Ushbu dastur haqida batafsil maʼlumot va eʼlon matnini dasturning rasmiy veb-sahifasidan (https://goo.su/TCo8) olish mumkin.

  Qoʻshimcha maʼlumot uchun TÜBİTAK BİDEB (Fan stipendiyalari va grant dasturlari bŭlimi) bilan bogʻlanish mumkin:
Elektron manzil: 2216azizsancar@tubitak.gov.tr 
Telefon: +90 312 444 66 90