Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi “Innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” Qaroriga muvofiq Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga “Web of science” xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazasidan erkin foydalanish imkoniyati yaratildi.
2023-yil 1-yanvaridan boshlab 3 yil davomida mamlakatimiz olimlariga “Web of Science” ilmiy resurslaridan bepul va cheklovisiz foydalanish imkoniyati berildi
Siz ham endilikda universitet internet tarmogʻidan foydalangan holda https://www.webofknowledge.com... saytiga kirib roʻyxatdan oʻtgan holda, jahon ilmiy resurslaridan foydalanish imkoniyatiga egasiz.
SamDTU matbuot xizmati