Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi ushbu xorijiy mamlakatning “Chevening” stipendiyalar dasturi doirasida tanlov boshlanganini maʼlum qiladi.
Ushbu dastur Buyuk Britaniya oliy taʼlim muassasasining magistratura bosqichiga oʻqishga kirgan nomzodlar uchun oʻqish va oʻqish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni (oylik stipendiya, viza, aviachipta, yashash va h.k.) qoplab berishni nazarda tutadi. Tanlovda qatnashish uchun kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlish talab etiladi. Hujjatlar joriy yilning 1-noyabriga qadar www.chevening.org/apply sayti orqali qabul qilinadi.
Xalqaro hamkorlik bo’limi