Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Toʻlov-shartnomalarni olish toʻliq raqamlashtirildi

  Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

  Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

  Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

  Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.

  Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

  2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Manba:edu.uz