×
Menu
Close Menu

QO'SHMA TA'LIM DASTURLARIGA QABUL TO'G'RISIDA!

  2022-yilning 9- avgustidan 20-avgustiga qadar Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2022/2023 o‘quv yili uchun bakalavriyat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Polsha bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturiga hujjatlar qabul qilishni boshlaydi.

Polsha Respublikasining Louis Milliy universiteti Oliy biznes maktabi bilan hamkorlikda:

  “Menejment: Sog‘liqni saqlashni boshqarish” qo‘shma ta’lim dasturi (qabul kvotasi 15 o‘rin). O'qish muddati 4 yil (3+1). Ta'lim tili - Rus tili. Bloklarda kirish imtihonlari: matematika, biologiya, rus tili. Shartnoma summasi ≈22,2 mln. so'mni tashkil etadi.

  Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida oʻqishni xohlovchilar https://doubled.sammu.uz platformasiga tegishli maʼlumotlarni kiritishlari va quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (suratga olinmagan, skaner qilingan ) PDF formatida yuklashlari lozim.

- Samaraqand davlat tibbiyot universiteti rektori nomiga ariza (скачать форму). Ariza beruvchi o’zi haqida to'liq ma'lumot berish kerak (yashash manzili, elektron pochta manzili, telefon raqamlari);

- Attestat yoki diplom va uning ilovasi;

- Milliy pasport (bosh sahifa va roʻyxatdan oʻtgan joyi);

- Rasm (3,5 х 4,5 см).

- https://doubled.sammu.uz platformasidagi barcha maʼlumotlar lotin tilida toʻldirilishi shart.

- Noto'g'ri to'ldirilgan arizalar qabul qilinmaydi. Hujjatlarni topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil 09 - avgustdan 20-avgustgacha .

Bog'lanish uchun raqamlar: +99899 592-89-97

Aloqa vaqti: ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha.