×
Menu
Close Menu

​2022-2023 oʻquv yili uchun N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti klinik ordinatura mutaxassisliklariga qabul jarayoni boshlandi.

  Oʻqish muddati 2 yil boʻlib, oʻqish uchun mablagʻlar Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi fondi” hamda “El-yurt umidi” fondi hisobidan toʻlov kontrakt summasi toʻlab beriladi.

  Talab: rus tilini mukammal bilish (erkin suhbatlashish va yozish).

  Qabul tanlovi 2 bosqichda oʻtkaziladi:

  1. Bakalavriat fanlari boʻyicha rus tilidan suhbat
  2. Markazlashtirilgan onlayn test sinovi

  Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar 28-iyul kuni soat 9-00 da Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinik ordinatura boʻlimiga murojaat qilishlari soʻraladi.

  Topshiriladigan hujjatlar roʻyxati

  1. Xalqaro pasport (asli)
  2. Xalqaro pasport rus tiliga tarjimaga qilingan va notariusda tasdiqlangan (asli)
  3. Taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlar va ilovalari (asli)
  4. Taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlar va ilovalari rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan (asli)
  5. Tibbiy maʼlumotnoma, OITS analizlari natijalari, gepatit B va C, koʻkrak qafasi flyuorografiyasi va natijalari rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan (asli)

  Murojaat uchun telefon:

+998 90 606 70 00 (Poʻlatov Ulugʻbek)

+998 98 189 00 96 (Shopulotov Shoxrux)