Yoshlar orasida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika”, “Informatika va axborot texnologiyalari” yoʻnalishlari boʻyicha iqtidorli, qobiliyatli va isteʼdodli talabalarni aniqlash maqsadida 2021-2022-oʻquv yilida bakalavriat taʼlim yoʻnalishini bitiruvchi bosqich talabalari oʻrtasida 2022-yil 20-30-iyun kunlari Oliy taʼlim muassasalarida kimyo, biologiya, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha Respublika fan olimpiadasi oʻtkaziladi. Olimpiadada ishtirok etuvchi talabalar 5 kun ichida olimpiada.edu.uz elektron platformasidan roʻyxatdan oʻtishlari kerak. Olimpiada oʻzbek va rus tillarida oʻtkaziladi.
Olimpiada 2 turda oʻtkaziladi va 100 ballik tizimda baholanadi:
l-tur. Nazariy qism — 50 ball.
2-tur. Amaliy qism — 50 ball
Olimpiada gʻoliblari oʻzlarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga imtiyozli ravishda qabul qilinadi hamda vazirlikning tegishli diplomlari bilan taqdirlanadilar.
SamDTU iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi