Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Malakaviy imtihonlar haqida eʼlon!

 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31 maydagi 239/3-son qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” ning 8-bandiga muvofiq Samarqand davlat tibbiyot universitet 14.00.04 –Otorinolaringologiya; 14.00.05- Ichki kasalliklar; 14.00.09 – Pediatriya; 14.00.21-Stomatologiya; 14.00.35 bolalar xirurgiyasi 14.00.01-akusherlik va ginekologiya ixtisosligi boʻyicha malakaviy imtihon topshirish uchun sessiya eʼlon qildi. Malakaviy imtihon topshiruvchilardan 2022-yil 5-iyungacha hujjatlar qabul qilinadi.

  Imtihon topshirish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

1. Ariza (universitet rektori nomiga);

2. Diplom nusxasi (ilovasi bilan, barcha diplom nusxalari);

3. Ilmiy ishlar roʻyxati (3.4-shakl boʻyicha);

4. “OAK byulleteni”da mavzu eʼlon qilinganligining nusxasi;

5. Pasport nusxasi;

6. Ish joyidan Spravka

7. Obyektivka

8. Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinganlik toʻgʻrisida buyruq nusxasi

9. Korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan, tashkilot tomonidan muhr bosilgan (firma blankalarida) xat: toʻliq ismi sharifi, ixtisoslash shifri, dissertatsiya nomi, Oliy attestatsiya hayotining byulletenida roʻyxatdan oʻtgan ilmiy ish nomi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Talabgorlar SamDTU huzurida Ilmiy Boʻlimiga murojaat qilishlari mumkin.

Tel: +998979181797