×
Menu
Close Menu

​XALQARO OʻQUV SEMINARLARDA ISHTIROK ETISH UCHUN TANLOV HAQIDA EʼLON !

  Xalqaro hamjihatlik taʼlimi boʻyicha Osiyo va Tinch okeani mintaqasi YUNESKOning 2-kategoriya markazi tomonidan global fuqarolik taʼlimi va xalqaro hamjihatlik taʼlimi boʻyicha “Oʻqituvchilarni pandemiyadan keyingi davrga tayyorlash: Global fuqarolik taʼlimi oʻzgarishlarning asosi” mavzusidagi oʻquv seminarlarda ishtirok etish uchun tanlov eʼlon qilingan.

  Dastur ingliz tilida olib boriladi. Oʻquv dasturining birinchi bosqichi 2022 yil 30-maydan 29-iyulga qadar, tanlovning ikkinchi bosqichi esa 2022-yil 30-iyundan 29-iyulga qadar tanlov asosida oʻtkaziladi.

  Oʻquv mashgʻulotlarini muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilarga global fuqarolik taʼlimi va xalqaro hamjihatlik taʼlimi boʻyicha loyiha taklifini yuborish orqali “grant” va dasturning “ustozlik” bosqichi tanlovida ishtirok etish imkoniyati beriladi.

  Nomzodlar anketalari quyidagi havola orqali onlayn toʻldirilishi zarur: https://forms.gle/ALsDHN6BZJ1v...

  Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarning anketalari ingliz tilida toʻldirilib, joriy yilning 13-may kuniga qadar Universitetning xalqaro hamkorlik boʻlimiga topshirish soʻraladi.

  SamDTU xalqaro hamkorlik boʻlimi