×
Menu
Close Menu

​Yaponiyada grant asosida malaka oshirish imkoniyati!

  Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 22-fevraldagi№08/5798 xatiga koʻra Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchixonasiga Matsumae xalqaro jamgʻarmasining Oʻzbekistonlik olimlar uchun grant asosida malaka oshirishni tashkil etish yuzasidan murojaati kelib tushgan.

  Xabarnomaga koʻra Yaponiyaning “Matsumae International” jamgʻarmasi tomonidan Yaponiyada tabiiy, muhandislik va texnik fanlar, shuningdek tibbiyot sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish va malaka oshirish dasturi eʼlon qilingan boʻlib, bu dastur 2023-yil aprel oyidan 2024-yil mart oyigacha amalga oshiriladi.

  Shuningdek, ajratilayotgan stipendiya aviachipta (borish va kelish) va tibbiy sugʻurta xarajatlarini oʻz ichiga oladi.

Ushbu tanlovga:

- 49 yoshdan oshmagan,

- fan nomzodi (PhD yoki unga tenglashtirilgan) darajasiga ega,

- ingliz yoki yapon tillarini yaxshi biladigan OTMlari oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari va doktorantlari nomzod sifatida tavsiya etilishi mumkin.

  Nomzodlar barcha kerakli hujjatlarni mustaqil ravishda application@mif.japan.org elektron pochta manziliga yuborishi lozim.

  Eslatib oʻtamiz, hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2022-yil 20-iyun. Tanlov natijalari 2022-yil dekabr oyi oxirida eʼlon qilinadi.

  Ushbu dastur haqida batafsil maʼlumotni “Matsumae International” jamgʻarmasining http://www.mars.dti.ne.jp/mif/ rasmiy veb-saytidan olish mumkin.

SamDTU xalqaro aloqalar bo‘limi