3-sonli ichki kasalliklar kafedrasi Talabalar ilmiy jamiyati negizida har shanba kuni soat 10:00 da oʻtkaziladigan “Boʻlajak kardiologlar uchun EKG” nomli EKG oʻquv sikli tashkil etildi. Sikl davomida siz nazariy bilimlarga ega boʻlasiz va EKGni tushirish va uni tahlil qilish amaliy koʻnikmalarini oʻzlashtirasiz. Sizni Shahar shifoxonasi 3-sonli ichki kasalliklar kafedrasida kutib qolamiz.