Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Institutimiz talabalari davlat stipendiyalari sovrindoriga aylandilar!

  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-fevraldagi buyrugʻiga asosan Respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasidagi davlat stipendiyalari sohiblari tasdiqlandi. Mazkur qarorga muvofiq, Samarqand davlat tibbiyot institutining quyidagi talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sohibi boʻlishdi:

  Pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi Muxammedova Fariza Farxodovna 2021/2022 oʻquv yili uchun bakalavriat bosqichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga sazovor boʻldi;

  Pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi Valiyeva Sadoqat Shokirovna Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi sohibi boʻldi.

Bundan tashqari, 2021/2022 oʻquv yili uchun 2 nafar talaba Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi gʻolibi boʻlishdi. Jumladan, Pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi Djalolov Davlatshox Abduvoxidovich va Davolash fakulteti 5-kurs talabasi Shamsiyev Ozodbek Fazliddinovichlar.


  Talabalarimizni erishgan yuksak yutuqlari bilan tabriklaymiz va ularga hayotda yangi zafarlar tilaymiz!


SamDTI Matbuot xizmati