Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Reakomp instituti bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda tiflosharhlovchilarni tayyorlash boʻyicha navbatdagi taʼlim grantlariga qabul eʼlon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlardan tiflo@acdf.uz elektron pochta manzili yoki Toshkent sh., Mirobod tumani, Taras Shevchenko koʻchasi, 1-uy manziliga quyidagi hujjatlari yuborishni soʻraymiz: pasport nusxasi, motivatsiya xati, avtobiografiya, rezyume, oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Arizalar 2022-yil 20-fevralgacha qabul qilinadi.
Motivastiya xati loyihadagi ishtirokingizning maqsad va mohiyatini oʻz ichiga olishi va quyidagi savollarga javob berishi kerak:
- Loyiha haqida qayerdan eshitdingiz va nima uchun ishtirok etishga qaror qildingiz?
- Oʻzbekiston va MDH davlatlarida tiflosharhlash haqida nimalarni bilasiz?
- Ilgari qanday ijtimoiy loyihalarda ishtirok etgansiz?
- Oʻzbekistonda inklyuziv va qulay muhitni rivojlantirishga qoʻshadigan hissangizni qanday koflasiz?
Tanlovning onlayn-test sinovlari va suhbat natijalariga koʻra saralangan Oʻzbekistonlik nomzodlar taʼlim dasturi ishtirokchisiga aylanadi. Taʼlim dasturi ikki bosqichda boʻlib oʻtadi: onlayn-kurs va Moskvadagi Reakomp institutida kunduzgi taʼlim. Reakomp — MDH hududidagi koʻzi ojizlar jamiyatining yetakchi muassasasi boʻlib, u kompyuter tiflotexnologiyalaridan foydalangan holda nogironligi boʻlgan shaxslarni kompleks reabilitatsiya qilish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, koʻrishda nuqsoni boʻlgan insonlani oʻqitishga yangi pedagogik yondashuvlarni joriy qilish kabi faoliyat bilan shugʻullanadi. Aytish joizki, Jamgʻarma transport, turar joy va ovqatlanish kabi asosiy xarajatlarni qoplaydi. Dastur yakunlangach, loyiha bitiruvchilari Oʻzbekistondagi teatrlarida koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilar bilan ish olib boradi.
Maʼlumot uchun:
tiflosharhlash — bu maxsus ogʻzaki tushuntirishlarsiz koʻzi ojizlar uchun tushunarsiz boʻlgan narsa, joy yoki harakatning loʻnda tavsifi. Maxsus tayyorlangan tiflo-izohlar yordamida koʻzi ojiz yoki zaif koʻruvchi insonlar sahnada sodir bo'layotgan voqealarning toʻliq vizual tasvirini shakllantirishlari mumkin.
Imkoniyatni qoʻldan boy bermang va mamlakatimiz uchun mutlaqo yangi — “tiflosharhlovchi” mutaxassisligini egallash uchun omadingizni sinab koʻring!