“El-yurt umidi” jamg‘armasi yoshlarga xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida ta’lim olish uchun 2022-2023-o‘quv yilida 420 o‘ringa mo‘ljallangan (bakalavriat 120 nafar; magistratura 180 nafar; doktorantura 120 nafar) ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi. Batafsil ma’lumot.
Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan yoshlarni ham qo‘llab-quvvatlash va ularga e’tibor qaratish maqsadida barcha ta’lim dasturlari bo‘yicha ularga ham kamida 20 ta o‘rin ajratiladi. Hujjat topshirish 10-yanvardan 10-fevralga qadar onlayn tarzda amalga oshiriladi. Hujjat topshirish .
Chet elda o‘qishga, buning ustiga nufuzli oliy ta’lim muassasasida o‘qishga hamma bilimli va salohiyatli yoshlarda ham mablag‘ bo‘lmasligi mumkin. Bu esa mana shunday yoshlarning orzusini amalga oshirish uchun, ularning ham sifatli shaklda xorijda ta’lim olishlari uchun juda katta imkoniyat, nazarimda.